«ekologiya qo‘mitasi» tegli maqolalar


«Do‘stlik» bog‘i yaqinida qurilish kompaniyasi yana 6 tup daraxtni nobud qildi
23 noyabr 2022, 11:45

«Do‘stlik» bog‘i yaqinida qurilish kompaniyasi yana 6 tup daraxtni nobud qildi

Toshkentdagi «Do‘stlik» bog‘i yaqinida Vinera Tower kompaniyasi qurilish uchun hududdagi 6 tup daraxtni ruxsatnomasiz boshqa joyga ko‘chirib, ularni nobud qilgani ma’lum bo‘ldi. Bunda tabiatga 218,3 mln so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi. Kompaniya oldin ham daraxt kesgani uchun 430,5 mln so‘m jarima to‘lagan.

Sirdaryoda 68 dona baliq noqonuniy ovlangani aniqlandi
19 oktabr 2022, 10:42

Sirdaryoda 68 dona baliq noqonuniy ovlangani aniqlandi

Xovos tumanida ikki fuqaro 9 turdagi 68 dona baliqni noqonuniy ovlangani aniqlandi. Oqibatda hayvonot dunyosiga 47 mln 160 ming so‘m zarar yetkazildi. Holat bo‘yicha to‘plangan hujjatlar prokuratura organiga yuborildi.

Kesib tashlanmagan, sog‘lomlashtirilgan — Ekoqo‘mita Piskentda kesilgan daraxtlar haqida
23 sentabr 2022, 11:58

Kesib tashlanmagan, sog‘lomlashtirilgan — Ekoqo‘mita Piskentda kesilgan daraxtlar haqida

Toshkent viloyatining Piskent tumanida daraxtlar kesib tashlangani haqida xabar berildi. Ekoqo‘mitaning ma’lum qilishicha, 93 tup tol qayta tiklash va sog‘lomlashtirish uchun kesilgan. Ushbu amaliyot natijasida tol daraxtlarining o‘suvchanligi yanada oshishini ma’lum qilingan.

Toshkentda yana bir quruvchi tashkilot 42 tup daraxtni kesib tashlagani aniqlandi
8 sentabr 2022, 20:16

Toshkentda yana bir quruvchi tashkilot 42 tup daraxtni kesib tashlagani aniqlandi

Toshkent shahrining Uchtepa tumanida quruvchi tashkilot tomonidan 42 tup daraxt noqonuniy ravishda kesib yuborilgani aniqlandi. Buning oqibatida tabiatga 425 mln so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan. Bosh prokuratura tashkilot mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.

Qo‘riqxonalardagi fotoqopqonlarga tushgan ayiq, to‘ng‘iz va shoqol tasvirlari e’lon qilindi
10 avgust 2022, 21:51

Qo‘riqxonalardagi fotoqopqonlarga tushgan ayiq, to‘ng‘iz va shoqol tasvirlari e’lon qilindi

Davlat ekologiya qo‘mitasi Zomin va Qizilqum qo‘riqxonalaridagi fotoqopqonlarga tushib qolgan ayiq, to‘ng‘izva shoqol tasvirlarini namoyish qildi.

Shahrisabzda Hisor qo‘riqxonasining tashrif markazi ochildi
20 iyun 2022, 17:33

Shahrisabzda Hisor qo‘riqxonasining tashrif markazi ochildi

Shahrisabzda BMT Taraqqiyot dasturi ko‘magida Hisor qo‘riqxonasining tashrif markazi ochildi. Markaz qo‘riqxonaning yovvoyi hayvonlari va faoliyat yo‘nalishi hamda yovvoyi tabiat duch kelayotgan xavf-xatarlar haqida ma’lumot beradi.

Surxondaryoda 43 tup daraxt noqonuniy kesib tashlandi
15 aprel 2022, 17:14

Surxondaryoda 43 tup daraxt noqonuniy kesib tashlandi

Angor tumanidagi 6-sonli bolalar bog‘chasi hududida 43 tup jumladan, mojjevelnik va tuya daraxtlari tag qismidan noqonuniy tarzda kesib tashlanganligi aniqlandi. Davlat ekologik nazorat inspektorlari holatni o‘rganmoqda.

Davlat ekologiya qo‘mitasi barcha avtomobillarni elektromobillarga almashtirishni rejalashtirgan
31 mart 2022, 11:22

Davlat ekologiya qo‘mitasi barcha avtomobillarni elektromobillarga almashtirishni rejalashtirgan

Davlat ekologiya qo‘mitasi 10 ta elektromobil xarid qildi va kelajakda barcha xizmat mashinalarini elektromobillarga almashtirishni rejalashtirmoqda.

Daraxtlar atrofini betonlash davom etmoqda
5 dekabr 2021, 14:47

Daraxtlar atrofini betonlash davom etmoqda

Jizzax viloyatining Gagarin shaharchasida 75 tup daraxt atrofi betonlab chiqildi. Ushbu holat tanqidlar ostida qolib ketganidan so‘ng ular atrofi betondan tozalandi, biroq bu yangi savollarni keltirib chiqardi. Daraxtlar tubini asfaltlash va betonlash amaliyoti uzoq yillardan buyon davom etib kelmoqda va oxiri tugamaydiganga o‘xshaydi. Ekopartiya birgina jarima bilan muammo hal bo‘lmasligini ma’lum qildi. Daraxtlar keyinroq qayta o‘tqazildi.

Toshkent shahri va Farg‘ona viloyati Ekologiya boshqarmalariga boshliqlar tayinlandi
9 noyabr 2021, 09:53

Toshkent shahri va Farg‘ona viloyati Ekologiya boshqarmalariga boshliqlar tayinlandi

Farhod Dehqonov Toshkent shahar, Bahromjon Jumanov Farg‘ona viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi rahbari etib tayinlandi.

O‘zbekiston Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqiga a’zo bo‘ldi
21 oktabr 2021, 17:06

O‘zbekiston Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqiga a’zo bo‘ldi

Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib O‘zbekiston Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining a’zosi (umumiy 92-a’zosi) bo‘ldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting